Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rayola – bir qop axlat». Fergyuson «MYu» 2012 yili Pogbani nega olib qololmaganini esladi
«MYu»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson taniqli futbol agenti, jamoa futbolchisi Pol Pogba manfaatlarini ham himoya qiluvchi Mino Rayolani qattiq tanqid qildi.
«Nega 2012 yilda Pogbaning iqtidorini hech kim payqamadi deysizmi? Pol Pogbani, uning iste'dodini yaxshi bilardik. Biz unga yaxshi taklif bergandik. Lekin uning agenti Rayola. U bir qop axlat», – deya Fergyusonning so‘zlarini keltirgan The Independent.
Bu shotlandiyalik murabbiy Rayolani ilk bor tanqid qilishi emas. U o‘z avtobiografiyasida dunyoda ikki agentdan nafratlanishi, ulardan biri Mino Rayola ekanini aytgandi.
2012 yilda «MYu» Pogbani «Yuventus»ga arzimas narxga, 450 ming funtga berib yuborgandi, o‘tgan yil yozida turinliklar klubidan u rekord darajadagi narxga - 89 mln funt evaziga (105 mln yevro) qaytarib olindi.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
23:03 / 03.05.2026