4 iyul kuni Toşkent şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi yiğiliş ötkazildi. Bu haqida ÖzAda xabar berildi.
Yiğilişda mamlakatimiz iqtisodiyotining buguni va ertasi qanday bölişi köp jihatdan Iqtisodiy rivojlantiriş kompleksi vazirliklarining işi sifati va natijalariga boğliq ekani alohida ta'kidlandi.
Şuningdek, majlisda oxirgi yillarda kiçik biznesni rağbatlantiriş yuzasidan köplab qarorlar qabul qilinganiga qaramay, tadbirkorlikni rivojlantiriş yölida tösiqlar hali ham mavjudligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan, Kompleks rahbari – Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorovga Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank hamda boşqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik sohasidagi barça muammolarni batafsil tahlil qilib, ilğor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, mamlakatimizda kiçik biznes, xususiy mulk va tadbirkorlik rivojiga keskin turtki beradigan takliflarni işlab çiqiş topşirildi.
Yiğilişda joylarda böş turgan davlat obektlari yoki ilgari xususiylaştirilgan, lekin bugungi kunda foydalanilmayotgan bino-inşootlar böyiça barça ta'sir mexanizmlari işlab çiqilgan, zarur huquqiy baza yaratib berilgan bölsa-da, bu borada hali sezilarli natijalar ta'minlanmagani afsus bilan qayd etildi.
Bank-moliya tizimini rasmiyatçilik bilan, yuzaki isloh qiliş amaliyotiga çek qöyib, tizimni zamonaviy uslublar asosida işlaydigan sohaga aylantiriş vazifasi örtaga qöyildi. “Eng muhimi, bugungi kunda mamlakatimizdagi tijorat banklari eng zamonaviy xizmatlarni körsatib, har bir mijozning köngliga yöl topa oladigan, uni öziga jalb etiş uçun raqobat qiliş salohiyatiga ega bölişi kerak”, dedi davlatimiz rahbari.
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalarining joriy yil ikkinçi yarim yilligida belgilangan maqsadli parametrlar va tadbirlarni töliq va öz muddatida amalga oşiriş, şuningdek, örta va uzoq muddatli istiqbolni oldindan hisob-kitob qiliş va unga erişiş uçun “yöl xaritalari” işlab çiqiş masalalari muhokama qilinib, aniq topşiriqlar berildi.
Yiğilişda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyuşmalar rahbarlarining hisobotlari eşitildi va muhokama qilindi, iqtisodiyot tarmoqlarini izçil rivojlantiriş borasidagi kamçiliklarni bartaraf etiş hamda jadal ösiş sur'atlarini ta'minlaş maqsadida mavjud rezerv va imkoniyatlarni töliq safarbar etiş vazifalari belgilandi.
















