4 iyul kuni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining «Toşkent-Tomçi-Toşkent» yönalişi böylab birinçi mavsumiy charter reysining amalga oşirilişida iştirok etgan Özbekiston delegatsiyasi Qirğiziston Respublikasining Issiqköl viloyatiga taşrif buyurdi.
TIV matbuot xizmati bergan xabarga köra, Tomçi şahriga taşrif doirasida Qirğiziston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Dinara Kemelova boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi.
Kemelova alohida ta'kidladiki, «Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş va yanada mustahkamlaş Qirğiziston Respublikasi taşqi siyosatining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi. Uşbu yondaşuv sönggi vaqtlarda bölib ötgan barça yuqori va oliy darajalardagi, jumladan Andijon, Farğona, Jalolobod, Öş şaharlarida çegaradoş viloyatlar vakillari örtasidagi uçraşuvlar mobaynida yaqqol namoyon böldi».
Qayd etilganidek, ikki tomon munosabatlarining bugungi kunda erişilgan darajasi 2016 yil 24 dekabrda Samarqand şahrida Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari örtasida bölib ötgan uçraşuvning natijasi hisoblanadi. Mazkur uçraşuv ikki qöşni davlat va xalqlarning yanada farovonligini uçun qalin aloqa va özaro yordam munosabatlariga yangiça tus berdi.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi Qirğiziston Savdo-sanoat palatasining katta vitse-prezidenti Amangeldi Davletov va madaniyat, axborot va turizm vaziri örinbosari Azamat Jamanqulov bilan muzokaralar ötkazdi. Muzokalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişning aniq yönalişlari muhokama qilindi.
















