Toşkentning «Bunyodkor» klubi bungaça «Obod» klubi safida töp surgan Şohruz Norxonov bilan şartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

Manbaga bergan xabarga köra «Bunyodkor» va Şohruz Norxonov örtasida uç yarim yillik bitim imzolangan.

24 yoşli hujumçi «Bunyodkor»ga erkin agent maqomida yöl oldi. Eslatib ötamiz, «Obod» klubi öz faoliyatini töxtatişi sabab, barça futbolçilarga erkin agent maqomini bergandi.

Norxonov Özbekiston çempionatining 2016 va 2017 yilgi mavsumlarida jami bölib, «Obod» safida 43 uçraşuvda maydonga tuşib, 17ta gol kiritişga muvaffaq bölgandi.