Mehnat ta'tili - jaziramadan qutulişning yagona yöli emas. Yozning bunday kunlarini iş xonasida ham qulay şaroitlarda ötkaziş mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Kun.uz"ga şu haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Issiqdan işlay olmayapsizmi? Mehnatni muhofaza qiliş talablariga muvofiq tegişli şart-şaroitlar yaratilgan taqdirda, bunday vaziyat yuzaga kelişi kerak emas. Iş beruvçi iş joylarida mikroiqlimning ma'lum darajasiga rioya qilişi kerak. Bu mikroiqlim parametrlari esa qonun tomonidan belgilab berilgan.
Jismoniy jihatdan yengil hisoblangan işlar uçun quyidagi qoidalar mavjud: havo harorati - 20-23 daraja issiq, havoning nisbiy namligi - 40-60 foiz, havo harakati tezligi - 0,2 m/s'dan oşmasligi kerak. Me'yordan çetga çiqiş ehtimoli ham bor. Mikroiqlimning xuddi şu şaroitlarga muvofiq parametrlari: havo harorati - 19-25 daraja, nisbiy namlik - 75 foizdan köp bölmasligi kerak, havo harakati tezligi 0,3 m/s'dan oşmasligi lozim.
Jismoniy jihatdan oğir işlarlda xonadagi havo harorati me'yordagidan 4-5 darajaga farq qilişi kerak, yöl qöyilişi mumkin bölgan körsatkiç - 6 darajagaça past. Yilning iliq kunlarida esa havo harorati me'yordan 2-3 darajaga yuqori bölişi mumkin. Issiq urişidan jabrlanişning oldini oliş maqsadida işçi va issiqlik manbai orasidagi harorat 45 darajadan oşmasligi kerak.
Mikroiqlim yaratiş imkoni bölmagan holatlarda nima qiliş kerak?
Bunday holatlarda işçilarni ehtimoliy issiqlik va sovuqlikdan himoyalaşga qaratilgan çora-tadbirlar körilgan bölişi kerak. Mahalliy konditsioner tizimini qöllaş, havo duşi, dam oliş uçun maxsus inşootlar ajratiş, haddan ziyod issiq yoki sovuq havo haroratida maxsus kiyimlar yoki individual himoya vositalari bilan ta'minlaş variantlari mavjud. Bunday korxonalarda iş va dam oliş vaqtlariga doir tartib örnatilişi kerak, zero bu kabi şaroitlarda işçi qayta kuç töplaşi uçun köproq vaqt va tanaffus kerak böladi.
Iş vaqti davomiyligini qisqartirib, maoş miqdorini saqlab qoliş imkoni bormi?
Qonunçilik tomonidan bunday variant ham körib çiqilgan, lekin muayyan toifadagi kişilar uçun.
Kimlar iş vaqtini qisqartiriş huquqiga ega?
- 18 yoşga yetmagan işçilar;
- I va II guruh nogironlari hisoblangan işçilar;

















