5 iyul kuni Kun.uz sayti orqali “Aks-sado: «Munosabat»da mavzuga munosabat töliq bildirilmadi...” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Uşbu maqolada Quddus A'zam muallifligidagi “Munosabat” körsatuvida kötarilgan mavzu – oiladagi ajrimlar va qöşxotinlik haqida jurnalist qaraşlari bitilgan. Rostini aytganda, maqolalari haqida hamkasbimning öziga “shipship” qöymoqçi böldim, ammo mavzu kölamining kengligi va maqolada muallif fikr pozitsiyasiga köplar egaligini inobatga olib, bu mavzuga öz munosabatimni keng omma oldida izhor etişga jur'at etdim.
Maqola haqida fikr
Maqola muallifi oiladagi ajrimlar haqida berilgan körsatuv haqida söz yuritar ekan, u yerga taşrif buyurgan mutaxassislar mavzudan çetlaşib ketgani, buning ustiga qöşxotinlik masalasi ham suhbat davomida aralaşib ketgani haqida fikr bildiradi va oiladagi ajrimlarga nima sabab bölyapti, degan zalvorli savolga javob berib ötişga harakat qilgan.
Muallif uşbu sabablarni keltirib ötar ekan, oilalarning ajralişiga: 1. Qaynona-kelin kelişmovçiligi; 2. Töyga oid mojarolar; 3. Ayrim ayollarimizning bemalol rözğor tebrata olişlari; 4. Befarzandlik masalasi singari omillarni sanab ötadi va ularga izoh beradi. Şu bilan birga oiladagi muhim figuraning sustligi asl illat sababçisi ekanligi haqida söz yuritmaydi.

Asl illat qayerda ildiz otmoqda?
Muallif yondaşuviga binoan e'tibor berib qaralsa, oiladagi ajrimlarga, asosan, ayol boşçiligidagi harakat va jarayonlar sabab bölmoqda. Va qörqmasdan ayta oliş kerak-ki, bunday holatda bu kabi noxuşliklarning kelib çiqişi TABIIY tusga kiradi. “Töyda orzu-havasim bor”, deb kelin tomonga millionlab xarajat yuklayotgan bölajak qaynonaga, “örtoqlarim oldida özimni körsatib qöyay”, degan bölajak kuyov bolaga oilaning boşi kimligi, qarorni faqat u çiqara olişi mumkinligini eslatib turuvçi erkak – OTA heç narsa demaydimi? Yoki özbek oilasida otaning, erning, aka-ukaning, toğa-amakining örni yöq bölib ketdimi? Qaynona-kelin kelişmovçiligi hadeb yuzaga kelaversa, rözğorning tinçi uçun örtaga tuşib, isloh qilişga oila boşida kuç topilmaydimi?














