Aks-sado: «Munosabat»da mavzuga munosabat töliq bildirilmadi...
|05:35 / 05.07.201725 07912 min
Quddus A'zam muallifligidagi «Munosabat» körsatuvining sönggi sonlaridan biri hozirgi davrda jamiyatimizni qiynayotgan eng oğriqli masalalardan biri — oiladagi ajraşuvlar, şuningdek, prezidentimiz ham diniy soha vakillari bilan uçraşuvda tilga olib ötgan masala — qöşxotinlikka bağişlandi.
Studiyaga taklif etilgan diniy ulamolar, adliya xodimlari, oliygoh öqituvçi-professorlari, nazarimda, mavzuga umumiy tarzda baho berib, oilalardagi ajralişlar va qöşxotinlik kabi turli ikki mavzuni aralaştirib yuborişdi. Töğri, biri ikkinçisiga sabab bölişini, huquqiy oqibatlari öxşaş ekanligini inkor etmaslik kerak. Lekin prezidentimiz tilga olgan qöşxotinlik masalasi faqat diniy tomondan, sunnatga muvofiq böliş uçun uylanayotganlarni nazarda tutgan edi. Bekorga bu gap imom-xatiblar va diniy ulamolar qatnaşgan majlisda yangramadi.
Diniy ulamolarimiz körsatuv mobaynida nikoh öqiş uçun muftiyat ularga FHDYo guvohnomasini körgaçgina amalga oşirişni buyurganini rökaç qilişdi. Ikkinçi oila qurayotgan erkaklarimiz körsatuv davomida «çalamulla» deb atalgan kaslarning xizmatlaridan xufyona foydalanişayotganini aytib, mas'uliyatni öz zimmalaridan soqit qilişdi. «Biz unday oilalarga nikoh öqimayapmiz, tamom, muammoga bizning aloqamiz yöq», qabilida yangradi bu.
Adliya tizimida işlab kelayotgan vakillar esa qöşxotinlikning huquqiy oqibatlariga töxtalişdi. Ayniqsa, opalarimizdan biri tomonidan studiyada «ikki erlik» deyilgan holat ham tilga olindiki, bunaqasi TVda alohida olib çiqib, muhokama qilişga yaramaydi, deb hisoblayman. Körsatuvning ham umumiy mavzusiga biroz putur yetkazib qöydi. Çunki özbekçilikka yot holat-ku bu?! Poligamiyaning bunday turi bizda mavjudligiga bu holat misol böla olmaydi, aksariyatga taniş birorta dinda ham yöq.
Nikohidan rasman sud orqali yoki sud orqali ajralmasdan musulmonçasiga «taloğini bergan holda» ajralib, ikkinçi turmuş quriş holati va birinçi nikohini saqlab turib, ikkinçi xotinga uylanib oliş tamoman boşqa-boşqa holat va masalalardir, garçi huquqiy oqibatlari öxşaş bölsa-da. Yuqorida ham ta'kidlaganimdek, körsatuvda ana şu ikki narsa aralaştirilib yuborildi, nazarimda.
«Munosabat» körsatuvi ajralişlarning sabablari va qöşxotinlikni alohida-alohida mavzu sifatida olib çiqqanida har ikki mavzu kengroq qamrab olingan, turli fikrlar eşitilgan bölardi.
Keling, uşbu maqolada özimiz dastlab keyingi paytda köpaygani e'tirof etilayotgan ajraliş mavzusini oçişga harakat qilaylik-da, turmuş qurgan yoşlarning oilasining barbod bölişiga sabab bölayotgan boş masalalarni örganib çiqaylik.
Mavzuga oid
1. Qaynona-kelin kelişmovçiligi. Albatta, yoş, hali hayotda köp narsani körmagan qiz boşqa oilaga kelin bölib tuşganidan söng özi könikmagan muhitga duç keladi. Uning qaysi bir odati kuyovning uyidagilarga yoqmaydi va aksariyat hollarda kelinning qaynonasi va qaynsingillari tomonidan tazyiq ostiga olinadi. Oqibatda, ruhiy zöriqişlarga bardoş bera olmagan kelin va uning qarindoşlari xörlaşlarga ortiq çiday olmaydi. Nikoh barbod böladi, oila buziladi.
2. Töyga oid mojarolar. Xususan, poytaxtimiz Toşkentda kelin tomonning zimmasiga sarpo-suruq, mebel, idiş-tovoğu rözğor buyumlari kabi masalalarda haddan ziyod majburiyatlar yuklangan. Eng qiziği, viloyatlarning köpçiligida bu narsa azaldan bölmagan. Endi esa TV va kinolarimiz vositasida viloyatlarga ham ana şu salbiy odatlar kirib borayotgani açinarli hol. Islom uylanişni eng faqir kimsalarga ham lozim darajaga keltirdi, urf-odatlarimiz esa unga faqat boylar yeta olişi mumkin bölgan darajaga çiqarişdi, degan gap bor. Urf-odatlarimizning islomdan, qadimiy an'analarimizdan yiroq ekanligi haqida domlalarimiz, mahalliy-köy faol tarğibot olib borişlari kerak, deb köp va xöp gapirilgani bilan foydasi bölmayapti.
3. Ayrim ayollarimizning bemalol rözğor tebrata olişlari. Ayni paytda ayollarimiz turli sohalarda (ayniqsa, şahar joylarda), turli vazifalarda erkaklardan kam mehnat qilmayapti. Ular özlari topayotgan puli bilan bemalol, erdan mustaqil ravişda oila boqişlari mumkin. Ana şunday oilalarda noşud erning boridan yöği yaxşi, kerak bölsa, «bolalarimni ham özim bemalol boqib olaman», deya rasmiy nikohdan bemalol keçib yuborişlari kuzatilmoqda. Mana şunday vaziyatlarda ham mahalla-köyning, imomlarimizning vaziyatga çuqurroq aralaşişlari talab etiladi. Köpinça bunday ajralişlar ertani köra olmaslik, ma'rifatsizlik, şoşma-şoşarlik oqibatida kelib çiqmoqda.
4. Befarzandlik masalasi. Nisbatan kamdan-kam holatlarda bölsa-da, bu ham ajralişlarga sabab bölayotgan masalalardan biri. Farzandsiz ham nikoh, turmuş quriş mumkin, umrguzaronlik qiliş mumkin, albatta. Farzand asrab, er-xotin bir-biriga bölgan mehr-muhabbatini avaylab yurgan minglab oilalar bor. Lekin mahalla-köy, qarindoş-uruğlarning qutqusiga uçrab, oilalarning ajralib ketayotgan mavjud hol, bunga hammamiz guvoh bölayapmiz. Ayniqsa, keyingi paytlarda, meditsina er yoki xotinning qay biri bepuşt ekanligini röy-rost aniqlab bera oladigan darajaga yetgaç, bu holatlar ajraşiş holatlarini tezlaştirib yubordi.
Yuqorida sanab ötilgan ajralişlarning sabablaridan har biri jamoatçilik örtasida alohida örganiladigan, muhokama etiladigan mavzu, aslida.
Ajralişlarning oqibatiga ham töxtalib, şu örinda ba'zi bir fikrlarni bildirib ötişni joiz deb topdim.
Sudlarimiz bir oilani ajratişda aksariyat hollarda farzand(lar)ni ona bilan qoldirişga ajrim çiqaradi. Mana şu amaliyotni qonun doirasida özgartiriş kerak. Çunki bir yoki ikki nafar farzand bilan ajraşgan yoş juvon qayta oila qurişda juda-juda qiynaladi, çunki bolali juvonga talabgor har doim ham çiqavermaydi, birovning bolasini boqişni hamma ham istayvermaydi. Aksariyat holatda ularning sobiq erining mulki, öz nomida turar joyi bölmaydi. Ajralişdan söng kelinçak heç vaqosiz qolib ketadi.
Bolalariyu, «yomon» xotinidan qutulgan böydoq yigitlar endi onasi topgan boşqa bokira qizga uylanaveradi. Aksariyat hollarda bu kuyovning onasi tomonidan «yomon» kelinini jazolaş uçun ham amalga oşirilayotgani taşvişlanarli hol — «öğlimni kerak bölsa onasi öpmaganiga uylantiraman», degan ibora «oğzi katta» qaynonalarning eng sevimli gapi ekani ma'lum-ku!
Eng açinarlisi, keyingi paytda yaratilayotgan istalgan kinolarimizni, milliy seriallarimizni olib qarang, ularda ham mana şunday tarğibot bor: kelin — qaynonaga qul, uning izmi çiqqan soniyasidan, mustaqil fikr bildirgan onidan boşlab, albatta, bu dargohdan badarğa qilinişi kerak.
Ba'zi diniy ulamolarimiz mana şu körsatuvda ham «töylarimiz, ma'rakalarimiz çiroyli ötayapti», demasdan, neçoğliq islomiy qoidalarga, odatlarga mos ötayotgani haqida gapirişganda, isrofgarçilik, ortiqça dabdaba uvol ekanini ham tilga olib ötişganida yaxşi bölardi.
Domlalarimiz qaynonaning (qaynsingillarning ham) kelinda ziğirça haqi yöqligi, unga tayziq ötkazişi musulmonçilikka mutlaqo töğri kelmasligi haqida köproq gapiriş zarur. Kelinga nisbatan faqat kuyov haqdor ekanligini bot-bot takrorlab xalqimizga örgatiş kerak emasmi?
Ikkinçidan, huquqiy tarafiga kelsak, yuqorida ta'kidlab ötganimdek, oila ajraladigan bölsa, farzandlar sud tomonidan onaga qoldiriladi. Şuni majburiy tarzda, har qanday holatda farzandlar ota bilan qoladigan qiliş kerak. Ana şunda kelinni “paypoqdek almaştiriş”ga iştiyoqmand qaynonalar farzandining oilasini buzişdan oldin bir karra öylab körgan, bölardi. Bu çora ajralişlar sonining keskin kamayişiga olib kelişi ham aniq.
Yana bir jihat: farzand(lar) otada qolsa, örtada aliment tölaş kabi masala ham bartaraf etiladi. Bola(lar) otada qolsa yoki u(lar)ni ona boqib olişini böyniga olsa, aliment muammosiyam kamayadi. Faqatgina ota sudda öz farzandlarini boqişdan voz keçgan taqdirda farzandlari voyaga yetgunga qadar u har oyda eng kam iş haqiga boğlangan ma'lum bir summani (aytaylik, har bir farzand uçun 2–3 minimal iş haqi) aliment tarzida tölaşga majbur qilib qöyilişi lozim.
Şunda «pattasi qölga tutqazilgan» kelin tomonning ham kuyovni aliment undiriş bilan qörqitişi kabi illatga ham barham beriladi.
Ta'lim darohlarida oila masalasi
Qatnaşganlar içida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori Muzaffar Komilov juda jöyali taklif bildirdi — öquv dargohlarda «Oila ma'rifati», «Islom ma'rifati» kabi darslarni taşkil etiş borasida. Ha, oliygoh, litsey va kollejlarda, maktablarning 11-sinfida oila darslari ötkazilişi kerak. Nufuzli insonlar, adliya va FHDYo taşkilotlari vakillari oilaviy hayotning huquqiy tomonlari, imomlar ham iştirok etib, yoşlarga nikoh va oilaning muqaddasligi haqida tuşunça berişlari lozim. Albatta, bu yoşlarimizning hayotga yengil-yelpi qaraşning oldini oladi.
Xususan, oliygohlarda ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça prorektorning özi ana şunday darslarni katta zallarda ötişi kerak böladi. Kerak bölsa diniy ulamolar ham ana şunday darslarga çaqirilişi lozim. Umuman, öquv dargohlari uçun ana şunday dars rejalari işlab çiqilişi kerak. Kerak bölsa — yigitlar uçun alohida, qizlar uçun alohida. Çunki yoşlar baribir oila qurişadi, ularni öz holiga taşlab qöyiş kerak emas, saboq beriş kerak.
Ma'lumki, milliy mentalitetimizda oila, jinsiy hayot öta uyatli mavzu hisoblanib, bu borada heç kim mas'uliyatni öz zimmasiga olgisi kelmaydi, taşabbus körsatmaydi va öz holiga taşlab qöyiladi. Körsatuv davomida hamkasbim Bahodir Halimov ham ana şunday fikr bildirdi. Xalqimiz beparvo bölib qolgani, mavjud holatlarga könikib qolganini tilga olib ötdi va u haq.
Yoşlarga töylarning ortiqça xarajatlarsiz, keraksiz dabdabalarsiz ötkaziş kerak ekanligini miyasiga singdirib boriş kerak. Öşa yoşlar orqali ularning «orzu-havasim» deydigan, eskiça fikrlaydigan ota-onalariga ta'sir ötkaziş kerak. Bu tarğibot kitoblarda ham, matbuotda ham, TVda ham, kinolarimizda ham yangrab turişi lozim. Propaganda vositasida şunday qiliş kerakki, «orzu-havas», «sarpo-suruq» «toğora somsa, hayitlik salom» deydigan kimsalar juda zamondan orqada qolgan, qoloq, öz foydasini bilmaydigan, bir kunlik obro‘-e'tibor uçun behudaga sarf-xarajat qilib, öz oilasi byudjyetiga zarar yetkazadigan notavon etib tasvirlanişi kerak.
Ikkinçi xotinga uylaniş masalasi
Yuqorida sanab ötilgan sabablar bilan sodir bölgan ajralişlardan söng ayrim yoşlar birinçi xotini bilan yo qonuniy ajraşmaydi, qonuniy ajralgan taqdirda ham onasiga yoqmay haydalgan xotini bilan şa'riy nikohini saqlab qoladi. Özi esa onasi aytgan topgan ikkinçi xotinga yo qonunan, yo şa'ran uylanib oladi. Bu ham mamlakatimizda qöşxotinlikning urçişi, tarğib bölişiga sabab bölayotgani çin.
Lekin, guldek oilasi, farzandlari böla turib, körsatuvda parda ortida gapirib ötgan juvonning hayotida bölgani singari, öz oilasini aro yölda taşlab, farzandlariga beparvo bölib, erkaklarimizning ikkinçi xotinga şa'riy nikoh bilan uylanayotganligi alohida mavzu. Körsatuv avvalida şu mavzu muhokama etilişi va'da qilingan esa-da, amalda bunday bölib çiqmadi.
Albatta, yaqinda prezidentimiz tilga olib ötgan uşbu mavzu, uning sabablari, oqibatlari ham imomlarimiz tomonidan alohida, mavzuga çuqurroq yondaşilgan holda muhokama etiladi, deb işonamiz.