Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi statistikasiga köra, oilaviy ajrimlarning asosiy sababini er va xotinning oilaviy hayotga tayyor emasligi taşkil etmoqda. Bu haqida 15 may ─ Xalqaro oila kuniga bağişlab ötkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ma'lum qilindi.
Markaz tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga köra, oilaviy ajrimlarga quyidagilar sabab bölmoqda:
43,3 foiz ─ er-xotinning oilaviy hayotga tayyor emasligi;
24,5 foiz ─ moddiy yetişmovçilik;
12,6 foiz ─ xarakterlarning mos kelmasligi;
10,3 foiz ─ bir-biriga befarqlik;
5,5 foiz ─ javob berişga qiynalaman;
3,8 foiz ─ giyohvandlik va içkilikbozlik.
Aynan yoş oilalarning buzilişiga esa 41 foiz holatlarda xarakterlarning töğri kelmasligi, 13 foiz holatda befarzandlik, 15 foizida moddiy qiyinçiliklar, 34 foizida uçinçi şaxs aralaşuvi, 25 foizida zararli odatlar sabab bölgan.
Oila markazi direktor örinbosari Dildora Karimovaning bayon qilişiça, mamlakatdagi real vaziyatda oiladagi farovon hayot ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va bolalarni tarbiyalaş, oiladagi qulay psixologik muhit, ta'lim, moddiy ta'minlanganlik, salomatlik holati kabi mezonlarga köra belgilanadi.
Ma'lum qilinişiça, 2019 yilning yakuniga qadar 17ta ilmiy-amaliy tadqiqot ötkaziş közda tutilgan. Xususan, xalqaro tajribani örganiş asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan hamkorlikda oilalarni noçor ahvoldan olib çiqiş böyiça «AKT orqali oilalarni mustahkamlaş» yangi innovatsion dasturi işlab çiqilgan. U AKT asoslarini psixologik öziga özi yordam körsatiş tamoyillari bilan uyğunlikda örgatişga asoslangan.
Şuningdek, Samarqand, Xorazm, Farğona va Qoraqalpoğistonda TATU universitetining filiallari bazasida 150 nafar erkak va ayollar öqitildi. Kurslar natijasiga köra, ikki hafta davomida egallangan könikmalar 15 nafar tinglovçiga işga joylaşişda yordam berdi.

















