23:20 / 07.07.2017
15831

Dayjyest: Prezident yana vodiyda, Hamburgda yirik sammit, xususiy notariuslar qaytishi va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 7 iyul O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Prezident Namanganda

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Safar davomida davlat rahbari Namangandagi ko‘chalardan birida xalq ichiga kirdi (video)

Prezident ushbu safari davomida shuningdek:

Yoshlar tarbiyasida shoshilmaslik kerakligini tasdiqladi

Mingbuloqqa tashrif buyurdi. Neft konida yangi qidiruv qudug‘i ishga tushirildi

Namanganda bog‘dorchilik plantatsiyalari tashkil qilishga ko‘rsatma berdi

Pop tumanidagi zavodda bo‘ldi

Namanganda quriladigan GESlar loyihasi bilan tanishdi

Chortoqdagi ziyoratgohni obod qilishga ko‘rsatma berdi

Namanganda kovulchilikni rivojlantirish bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etishni taklif qildi

O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

Foto: "Kun"

Bir sohada uchinchi videoselektor: Prezident dori-darmon ta'minotidagi muammolarni hal qilishga topshiriq berdi

O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi

Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining ko‘tarilishi to‘g‘risidagi qarorga izoh berdi

Adliya vaziri o‘rinbosari: “Notarius fuqarolardan naqd pul talab qilishga, bank esa to‘lovni qabul qilmaslikka haqi yo‘q”

Jahon yetakchilarining uchrashuvi

Foto: TASS

7-8 iyul kunlari Germaniyaning Hamburg shahrida G20 sammiti bo‘lib o‘tadi. Har yili o‘tkaziladigan sammitda «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi. 

Bugungi voqealar:

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida ishtirok etish uchun Germaniyaning Hamburg shahriga keldi.

AQSh Suriya bo‘yicha yangi reja tayyorladi

Putin va Tramp ilk marta yuzlashdi. Video

Jahonning boshqa nuqtalarida

Foto: Sinxua

Nyu-Yorkda yo‘lovchi poyezdi relslardan chiqib ketdi

Xitoydagi suv toshqinlari tufayli 44 kishi bedarak yo‘qoldi

Amerika razvedkasi 150 nafar rus josusini aniqladi

Mask insoniyatga tahdid solayotgan ulkan fojiadan ogohlantirdi

Putinning tanqidchisi Navalniy ozodlikka chiqdi

Misrda jangarilar harbiylarga hujum qildi, o‘nlab qurbonlar bor

Qiziqarli maqolalar

Foto: © RIA Novosti

TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo‘lga tushdi

Qashqadaryolik “qayta tirilgan” Muhammadjon voqeasi: shifokorlar tomoni nima deydi?

O‘zbekistonda jazirama: havoning o‘ta isishiga nima sabab va u qachongacha davom etadi?

Olimlar: Bir asrdan so‘ng Sahroi Kabir yashillikka burkanadi

VI asrga oid qo‘lyozmada Hippokrat retseptlari topildi

«Paxtakor»da transferlar haftasi: 4 yangi futbolchi transfer qilindi

Top