07:36 / 07.07.2017
6898

Nyu-Yorkda yo‘lovchi poyezdi relslardan chiqib ketdi

Foto: RICH DENISON

Nyu-Yorkning Penn stansiyasida 100 yo‘lovchini olib ketayotgan poyezd relslardan chiqib ketdi. O‘t o‘chiruvchilar odamlarni qutqaruv poyezdiga o‘tkazishgan. Bu haqda Pix 11 telekanali xabar bermoqda

Falokat temir yo‘l stansiyasida ta'mirlash ishlari boshlanishidan bir necha kun avval yuz berdi. Bu poyezdlar aynan shu qismda relslardan chiqib ketayotgan birinchi holat emas.

Jabrlanganlar haqida axborot kelib tushmagan.

Mavzuga oid
Top