Jahondagi eng yirik çöl bölmiş Sahroi Kabirning çetlari va qurğoqçilik iskanjasida qolgan hududlari yaqin yuz yil içida global isiş tufayli yoğingarçilik miqdorining oşişi ortidan yaşillikka burkanib, savannaga aylanişi mumkin, deyişmoqda iqlimşunoslar özlarining Earth System Dynamics jurnalida çop etgan maqolasida.
«Global isiş çindan ham iqlimni radikal tarzda özgarişga olib kelişi mumkin. Jahonning köplab mintaqalarida u qurğoqçilik va qişloq xöjaligi ekinlarining hosildorligi kamayişiga sabab bölişi turgan gap, biroq Sahroi Kabirning bir çeti bölmiş quruq Sohilda u, aksinça, suv bilan boğliq vaziyatni yaxşilaşi va çorvadorlik hamda qişloq xöjaligi uçun qulay şaroitlar yaratilişiga olib kelişi mumkin», — deydi Germaniyaning Potsdam iqlimga oid tadqiqotlar instituti olimi Yakob Şeve.
Sahroi Kabir çöli har doim ham qum bilan qoplangan bölmagan. 10 ming yil avval va taxminan 30–50 ming yil muqaddam u öt-ölanlar va daraxtlardan iborat ulkan yaşil tekislik bölgan. Antropologlarning fikriça, yaşil Sahroi Kabir insoniyatning qadimiy ajdodlari Afrikadan çiqib, butun Yer kurrasiga tarqalişi uçun zamin bölgan.
Şevening hikoya qilişiça, sönggi bir neça million yillar içida Sahroi Kabir bir neça bor yaşillikka burkanib, yana çölga aylanib, öz qiyofasini Yer iqlimi tebranişlariga monand özgartirib turgan.
Bugungi kunda iqlim özgarişlari juda tezlaşgan. Bu esa Şeva va uning hamkasblarini yaqin yuz yil içida Sohil va uning atrofi qanday özgarişlarga duçor bölişini tekşirib körişga undagan.
Buning uçun olimlar okeanlardagi oqimlarning, Afrika atmosferasidagi şamollarning özgarişi, örta yillik haroratning keyingi yillarda ham oşib borişi bilan boğliq 30 ta turliça iqlimiy modellarni yaratişgan.
Modellarning öntasi Sahroi Kabirda 2100 yilga borib hozirgidan 40–300 foiz köproq yoğingarçilik yuz berişi va bu köpayiş iqlimiy model ma'lum bir harorat çegarasini bosib ötgaç, juda tez — 5-10 yil içida sodir bölişini körsatgan. Natijada Çad, Niger, Mavritaniya, Mali va Afrikaning boşka köplab çölli davlatlarining hududlari jungli va savannalar bilan qoplanib, tropik Afrika mamlakatlari singari yoğingarçilikka ega böladi.













