Şavkat Mirziyoyev Mingbuloq tumanidagi mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi «Mingbuloqneft» Özbekiston — Xitoy qöşma korxonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
«Mingbuloq konida qidiruv va qazib oliş» uzoq istiqbolga möljallangan keng kölamli loyihadir. Loyiha doirasida 4 qidiruv-burğilaş quduği işga tuşiriladi va 4 mavjud quduq kapital ta'mirlanadi.
Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasining 2017 yil davlat investitsiya dasturining manzilli röyxatiga kiritilgan bölib, ayni paytda boş pudratçi — Xibu Duolling Engineering kompaniyasi burğilaş maydoni va vaxta qarorgohidagi tayyorgarlik işlari yakuniga yetkazildi. Joriy yilda Mingbuloq neft koni ma'muriy binosini ta'mirlaş, M15 qidiruv-burğilaş quduğini işga tuşiriş va boşqa tadbirlarni amalga oşiriş uçun Xitoy moliya-tijorat institutlari kiritadigan 15 million dollarga teng sarmoya özlaştirilişi közda tutilgan.
Yaqinda bu yerda M15 qidiruv quduği işga tuşirildi. Quduqda burğilaş işlari katta — 6 ming metrgaça çuqurlik, anomal bosim — 1200 atmosfera bosimi va kollektorlarning geologik murakkab tuzilişi şaroitida olib borilişi eng zamonaviy muhandislik yeçimlarini taqozo etadi. 25 yilga möljallangan va umumiy qiymati 255 million dollardan ortiq bölgan uşbu loyiha natijasida Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib oliş rejalaştirilgan.
M15 qidiruv-burğilaş quduğining işga tuşirilişi bilan 130 dan ziyod iş örni yaratildi.
Prezident uşbu korxona mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirişda muhim örin tutişini ta'kidladi. Quruvçilar va xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlaşdi.
Şu yerda Farğona vodiysida ötkazilgan geologik qidiruv işlari natijalari haqida ma'lumot berildi. Bu köplab turdagi tabiiy boyliklarni aniqlaş imkonini berdi. Kelgusida ularni özlaştiriş böyiça zamonaviy korxonalar taşkil etiladi.













