6 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida 4ta davlat elçisi qabul qilindi.

Xususan, vazirlikda Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Tyurdenov bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oşirgan davlat taşrifi davomida va oliy darajadagi muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari batafsil muhokama qilindi.

Şu kuni vazirlikda Ömon sultonligi elçisi Muhammad ibn Said ibn Muhammad al-Lavati hamda Falastin elçisi Muhammad Abdulla Tarşaxani bilan uçraşuv ötkazildi.

Ömon elçisi bilan suhbat çoğida Toşkent davlat şarqşunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarq qölyozmalari markazi kutubxonasi yangi binosining quriş işlari yakunlanişi bilan boğliq amaliy masalalar muhokama qilindi.

Falastin elçisi bilan suhbatda ikki tomon hamkorligining joriy masalalari, jumladan aprel oyida Falastin Taşqi işlar vaziri örinbosari Mazen Şamiyaning Özbekistonga taşrifi doirasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayoni muhokama qilindi.

Bundan oldinroq Tojikiston elçisi Sodiq Imomiy bilan uçraşuvda bölajak uçraşuvlar jadvali muhokama qilingani haqida xabar berilgandi.

5 iyul kuni Özbekiston TIVda Yaponiya elçisi Nobuaki Ito qabul qilingandi.

Muloqot davomida moliya va iqtisod sohalarida avval erişilgan kelişuvlarni hayotga tadbiq qilişning hamda Özbekiston va Yaponiya hududlari örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Elçi iyun oyi oxirida yetakçi yapon naşrlarining Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi yakunlari töğrisida ma'lumot berdi.

Uçraşuvda Özbekiston-Yaponiya kun tartibining boşqa masalalari ham körib çiqildi.