«Jizzax» erkin iqtisodiy hududida 6 iyulda yangi UZBEKISTAN PEUGEOT CITROEN AUTOMOTIVE işlab çiqariş majmuasining poydevoriga kapsulani qöyiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda «Özavtosanoat» AK xabar bermoqda. 

Uşbu loyiha davomida 45 gektarlik yer maydonida "noldan" boşlab yiliga 16 ming avtomobil işlab çiqarişga möljallangan zamonaviy işlab çiqariş majmuasi quriladi. Zavodni loyihalaştiriş fransuz kompaniyasining tajribali muhandislari bilan birga "Pejo Sitroyen" standartlari va talablariga muvofiq amalga oşirilmoqda. Zavodni Yevropaning eng yuqori standartlari böyiça işlab çiqarişning avtomatlaştirilgan jarayoni va sifat nazoratini ta’minlaydigan zamonaviy texnologik liniyalar bilan jihozlaş rejalaştirilgan. Zavod qurilişi mahalliy boş pudratçi tomondan fransiyalik hamkorlar nazoratida qisqa vaqtlarda amalga oşiriladi.    

Yangi majmuaning işga tuşirilişi va bozorga Yevropa yetakçisi – "Pejo Sitroyen"ning zamonaviy yengil avtomobillarini tatbiq qiliş bilan işlab çiqarişni yanada rivojlantirişga, avtomobil bozori hamda yölovçi va yuk taşişlar ösişiga ulkan salohiyat mavjuddir.

Avvalroq ma’lum qilingandek, 16 may kuni "Özavtosanoat" AK va "Pejo Sitroyen" konserni örtasida yölovçi va yuk taşişlar uçun möljallangan, "Peugeot" va "Citroën" brendlari ostida yengil tijorat avtomobillarini töliq sikl böyiça işlab çiqaruvçi qöşma korxonani yaratiş haqidagi kelişuv imzolangan.

"Pejo Sitroyen" guruhi yangi texnologiyalar, zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari taqdim qiladi va xodimlarni öqitadi. Şuningdek, qöşma korxona rejalariga işlab çiqarişning birinçi yili avtomobillar ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalarni jalb qilgan holda 50 foizdan kam bölmagan mahalliylaştiriş darajasini ta’minlaş kiradi. Bugungi kunda "Özavtosanoat"ga tegişli 30 ga yaqin bunday yirik korxona va 160 dan köproq kiçik va örta korxonalar mavjud.