17:30 / 09.07.2017
19032

«Everton» Runining transferini e'lon qildi

Ueyn Runi «Manchester Yunayted»dan «Everton»ga o‘tishi jarayonini yakunladi. Klub rasmiy sayti 31 yoshli futbolchi «irislar» jamoasi bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va ikki yillik shartnoma tuzgani haqida e'lon qildi.

«MYu» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan futbolchi faoliyatini «Everton»da boshlagan va 2004 yili «qizil iblislar» safiga o‘tgandi.

Runi bu jamoada 559 uchrashuv o‘tkazib, 253 gol urgan hamda 145 golga hammuallif bo‘lgandi.

Uning Liverpulga qaytishi Romelu Lukaku transferi doirasida amalga oshdi. Manchesterliklar Lukaku uchun 75 million yevro to‘ladi va Runini qo‘shib berdi. Shartnomasi hali tugamagan futbolchining transfer qiymati 10 million yevroga baholangan.

Runi yangi jamoasida «Manchester Yunayted»dagidan ikki baravar kam, haftasiga 170 ming funt miqdorida maosh oladi.

Top