Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Turkiyaning Injirlik bazasidan harbiy xizmatchilarni olib chiqishni boshladi
Germaniya Turkiyaning Injirlik aviabazasidagi harbiy xizmatchilari va samolyotlarini Iordaniyaga ko‘chirishni boshladi. Bu haqda Spiegel Online xabar bergan.
Turkiyani birinchi bo‘lib yoqilg‘i quyish samolyotlari, taxminan 20 nafar askar va zobit tark etdi. Shundan so‘ng yangi joyga “Tornado” josuslik samolyotlari yo‘l oladi.
Injirlik aviabazasida hammasi bo‘lib 260 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, maxsus optika bilan jihozlangan oltita “Tornado”, hamda bitta uchar tanker bor. Ular IShID terrorchilik guruhining Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga havo zarbalarini berishda ishtirok etgan.
Nemis harbiylari va texnikasini butunlay olib chiqish joriy yilning oktabriga qadar yakunlanishi kerak.
Bundesver harbiy xizmatchilarining Injirlik bazasidan ketishiga yirik diplomatik mojaro sabab bo‘ldi. 15 may kuni turk hukumati nemis deputatlariga aviabazaga kelishga navbatdagi marotaba izn bermagani xabar qilindi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026