Kun.uz saytida Özbekistonda röy berayotgan özgarişlar, yangi farmonlar va qonunlarga huquqiy munosabat körinişida şarhlar, tuşuntirişlar beriş orqali aholining huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan maqolalar berib borilişi yölga qöyiladi. Öquvçilar qonunçilikdagi mavjud mexanizmlar haqida ogoh qilinib, ulardan foydalaniş örgatilişi maqsad qilingan.
Şunday maqolalardan birinçisi huquqşunos Dilorom Abdullayeva tomonidan tayyorlandi.
«Kamolot» yoşlar harakati Qurultoyida Prezident Şavkat Mirziyoyev xorijdagi yoşlar, ayniqsa, işçi-migrantlar ham Özbekiston fuqarolari ekanini va doim davlat himoyasida bölişi lozimligini ta'kidlab ötdi. Taşqi işlar vazirligiga xorijiy davlatlarda ham Yoşlar ittifoqi taşkiloti bilan birgalikda yoşlar hamda fuqarolar manfaatini himoya qiluvçi çora-tadbirlarni işlab çiqişga bir oy muhlat berildi.
Bundan biroz avval Qozoğiston hududida avtobus halokatida vafot etgan va jabr körgan Özbekiston fuqarolariga davlat tomonidan yordam körsatilib, ularning jasadlari olib kelinişiga Taşqi işlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi yordamida maxsus samolyot reysi taşkil qilingani ham yaqin Özbekiston tarixida kuzatilmagan ijobiy iş bölib, davlat fuqarolar uçun qançalik qayğurişi, davlat idoralari özlarining Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qöyilgan fuqarolar manfaatlari uçun xizmat qiluvçi vazifalarini bajarayotganini körsatadi.
Yaqinda taşkil etilgan Xalqaro Press-klubda Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan bölgan suhbatda ham xorijdagi va mamlakat içidagi fuqarolarni qiziqtirgan köplab savollar muhokama qilindi. Tuşgan savollardan biri Şuhrat Kalonov tomonidan Turkmanistonda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Özbekiston fuqarosining jazoni ötaş muddatini Özbekistonga köçiriş töğrisida iltimos böldi. Ammo Boş prokuratura xodimi Xatamov tomonidan muvofiq javob berilmadi. Javob tariqasida aytilgan gaplar umumiy bölib, aynan şu şaxsga yoki boşqalarga şunga öxşaş holatlarda qanday amaliy yordam qilinişi lozimligi yoki Özbekiston hukumati qanday kömak bera olişi tilga olinmadi.
Şu örinda, keling, Özbekiston qonunlariga köra bunday holatlarda xorijdagi fuqarolar manfaatlarini davlat organlari qanday himoya qiliş lozimligi borasida biroz muhokama qilamiz.
Yaqingaça xorijda Özbekiston fuqarolarining davlat himoyasida ekani amalda sezilmasdi. Özbekiston fuqarolari Özbekiston xorijdagi elçixona va konsulliklariga işi tuşmaslik uçun iloji boriça özini olib qoçib yurar edi. Xalqaro Press-klubdagi suhbatda vazir Abdulaziz Komilov aytganidek, agar asosiy vazifalardan biri bu xalqaro miqyosda Özbekiston obrösini kötariş bölsa, unda, albatta, işni xorijdagi öz fuqarolariga bölgan hurmat va kömakdan boşlaş lozim.
















