Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya inson huquqlari observatoriyasi IShID rahbari halok bo‘lganini tasdiqlovchi ma'lumotga ega
Suriya inson huquqlari observatoriyasi IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning halok bo‘lganini “tasdiqlovchi ma'lumot”ga ega ekanini xabar qildi. Bu haqda Reuters ma'lumot berdi.
Monitoring guruhi direktori Romi Abdulrahmonning xabar berishicha, tasdiqlov IShIDning Dayr-az-Zordagi yetakchisidan kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, IShIDdagi manbalar al-Bag‘dodiy hayotdan ko‘z yumganini aytishgan, biroq, bu aynan qachon yuz berganiga oydinlik kiritilmagan. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, al-Bag‘dodiy so‘nggi uch oy Dayr-az-Zorda bo‘lgan.
Avvalroq OAV IShID jangarilari al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini ma'lum qilishgani haqida xabar berdi. Biroq Pentagon IShID yetakchisi o‘lgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlay olmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026