Jahon | 10:35 / 12.07.2017
5060
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda qurilish krani quladi, yetti kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Guandun viloyatidagi Punin shahrida qurilish krani avtomobil ustiga quladi. Hodisa oqibatida yetti kishi qurbon bo‘ldi, yana uch nafari turli darajada jarohat olgan.

CCTV telekanalining xabar berishicha, fojia seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yuz bergan. Barcha qurbonlar voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor, ularning bari shifoxonaga olib ketildi.

Hodisa nima sababdan ro‘y berganiga oid ma'lumot hozircha yo‘q.

Mavzuga oid