Sport | 09:23 / 12.07.2017
12045
2 daqiqa o‘qiladi

Pakyao mag‘lubiyatidan keyin murabbiyiga haq to‘lashdan bosh tortmoqda

Foto: Reuters

Filippinlik bokschi Menni Pakyao avstraliyalik Jyeff Xornga yutqazgandan keyin o‘z murabbiyi Freddi Rouchga haq to‘lamagan. Bu haqda Rouchning o‘zi ma'lum qilgan. Uning so‘zlarini si.com keltirib o‘tgan.

"Jangda u o‘ziga o‘xshamadi. U biz biladigan bokschi emasdi. Jangdan keyin men uning kayfiyatini bilmoqchi bo‘ldim, biroq u men bilan hattoki so‘rashmadi ham. Bilmadim, balki uning mendan ixlosi qaytgandir. U aniq mendan qochmoqda, nima bo‘lganda ham, u hanuz menga gonorarimni to‘lab bermadi", deb aytgan Rouch.

2 iyulda o‘tgan jangda Pakyao WBO versiyasi bo‘yicha chempionlik kamarini hakamlarning bir ovozli qarori bilan boy berdi. Jang Avstraliyada bo‘lib o‘tgan. Jangdan keyin Rouch shogirdiga faloyatini tugatishni maslahat qilgan. 

38 yoshli filippinlik faoliyatidagi 7-mag‘lubiyatiga uchradi. Shu bilan birga uning hisobida 59 ta g‘alaba bor. Uning ishtirokidagi yana ikki jang durang bilan yakunlangan. Pakyao 8 ta vazn toifasida chempion bo‘lgan dunyodagi birinchi va yagona bokschi hisoblanadi.

Mavzuga oid