Tramp Iroq bosh vazirini Mo‘sulning ozod etilishi bilan tabrikladi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyni Mo‘sulning IShID jangarilaridan ozod etilgani bilan tabrikladi hamda birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan jangarilarning ozod etilgan hududlarga qaytmasliklarining oldini olish kerakligini aytdi. Bu haqda Oq uyning ikki yetakchi o‘rtasidagi telefon muloqoti natijalariga bag‘ishlangan bayonotida aytilgan.
"Prezident Tramp Iroq bosh vazirini Mo‘sulning Iroq xavfsizlik kuchlari tomondan ozod etilgani bilan tabrikladi, bu esa IShIDga qarshi muhim bosqich bo‘ldi. Prezident iroqlik va amerikalik askarlarning jasoratini qayd qilib o‘tdi va IShIDni to‘liq yakson qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ta'kidlab o‘tdi", deyilgan bayonotda.
10 iyulda al-Obodiy Mo‘sulda IShID ustidan yakuniy g‘alabaga erishilganini rasman e'lon qilgandi. Uch yildan ko‘proq vaqt davomida jangarilar tomondan ushlab turilgan shaharning ozod etilishi bo‘yicha kampaniya o‘tgan yil oktabrida boshlangandi.
Operatsiyada Iroq armiyasi maxsus kuchlari, federal politsiyasi, tezkor javob berish kuchlari ishtirok etgan. Ularni AQSh boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasi havodan qo‘llab-quvvatlab turgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta ommaviy chiqish qildi
Jahon | 16:36
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jahon | 16:25
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020