Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo vafot etdi
Foto: Getty Images
Nobel mukofoti laureati Lyu Syaobo 62 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Xitoydagi qamoqxonadan jiddiy tashxis sabab ozod etilgandi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
2017 yilning 26 iyun kuni Lyu Syaobo “jigar saratoni” tashxisi tufayli qamoqdan ozod etildi. U 2009 yilda davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bilan qamoqqa tashlangandi. AQSh Xitoyga Lyu Syaoboga xorijda davolanish uchun imkon berish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi. Keyinchalik, Germaniya va amerikalik shifokorlar bemorni borib ko‘rishlari haqida xabarlar tarqaldi.
Lyu Syaobo 2010 yilda Nobel tinchlik mukofotini Xitoydagi inson huquqlari uchun kurash sabab olgandi.
Mavzuga oid
09:13 / 25.12.2025
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
15:21 / 22.12.2025
Xitoy noyabrda Rossiyadan rekord miqdorda oltin sotib oldi
18:22 / 20.12.2025
Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada ushlab qolinayotganiga izoh berildi
07:52 / 20.12.2025