Tatyana Nikolayevna Guskova Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida xabar berilgan.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi PQ-3131-son qaroriga muvofiq Guskova Tatyana Nikolayevna nafaqaga çiqişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi», — deyiladi xabarda.

Guskova 1950 yilda tuğilgan, 1971 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. U Özbekiston moliya vaziri birinçi örinbosari lavozimida 1990 yildan beri işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, şu yilning mayida Ahadbek Haydarov, iyun oyida Abduhafiz Karimov Botir Xöjayevga örinbosar etib tayinlangandi.

Ayni vaqtda vazirlik saytida Ahadbek Haydarov vazirning birinçi örinbosari sifatida körsatilgan.

Ahadbek Haydarov vazirning örinbosari sifatida ijtimoiy soha, ilm-fan, boşqaruv organlarini moliyalaştiriş masalalarini va Byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi faoliyatini nazorat qilib kelayotgandi. Uşbu lavozimga tayinlanguniga qadar Ahadbek Haydarov «Mikrokreditbank» ATB Boşqaruv raisi bölib işlagan.