Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulning g‘arbiy qismi jurnalistlar uchun yopildi
Iroqlik harbiylar juma kuni jurnalistlarga Mo‘sulning g‘arbiy qismiga kirishni taqiqlashdi. Bu davom etayotgan janglar, shuningdek, IShID jangarilari tomonidan tashlab ketilgan minalarning ko‘pligi tufayli yuz berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Bu qaror juma kuni ertalab qabul qilindi, u jurnalistlar hamda oddiy fuqarolar uchun Mo‘sulning har ikki qismini bog‘lab turuvchi barcha ko‘priklarni yopib qo‘yishni nazarda tutadi", - deya Iroq armiyasi vakilining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning tushuntirishicha, bunday qarorga jurnalistlarning hayotiga xavf kelib chiqishi sabab kelingan. "Mo‘sulning g‘arbiy qismini tozalash bo‘yicha amaliyotlar davom etmoqda, shuning uchun jurnalistlarga, ularning hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi sabab kirishni yopib qo‘ydik", - degan agentlik suhbatdoshi.
Harbiylar qator tumanlarda yo‘l va binolarni minalardan tozalash bilan shug‘ullanmoqda. Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, bu taqiq bir necha kun davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026