Namangan viloyatining «Navbahor» klubiga yangi prezident tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimligida yiğiliş ötkazilgan bölib, unda klub a'zolaridan taşqari, jamoani moliyalaştirib turuvçi homiy taşkilotlar ham iştirok etgan. Mana şu majlisda Senat a'zosi, Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Namangan şahri hokimi Şavkat Abdurazzoqovni «Navbahor» klubining yangi prezidenti sifatida taniştirdi. Viloyat hokimining özi bir vaqtda viloyat futbol federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

«Maydonda futbolçilar çiroyli va mazmunli öyin namoyiş etişi lozim. Raqib darvozasiga bitta gol urib, yutuqni uşlab qoliş maqsadida harakat qilişni notöğri deb bilaman. Çiroyli öyin orqali ğalaba sari intiliş öyingohni töldirib ötirgan muxlislarga quvonç baxş etadi.

Birinçi davra jamoa ança kam gol urdi. Tajribali futbolçilar maydonda yetakçilikni qölga olib, jamoaning munosib töp surişini ta'minlaşi lozim. Oldin klubga bölgan e'tibor u qadar kuçli emasdi. Bu yil vaziyat özgardi. Homiylarimiz «Navbahor»ga yordam berib kelmoqda. Buning uçun ularga katta rahmat! Çunki futbolda moddiy ta'minot muhim.

Özbek futboliga xorijiy investorlar kirib kelayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Vaqti kelib «Navbahor»ga ham xorijdan homiylar topilar… Hozirça mahalliy homiylar kömagida jamoani kötarişga harakat qilamiz. Bunga javoban futbolçilar maydonda munosib öyin körsatib, bildirilgan işonçni oqlaşi kerak. 2-davrada «Navbahor»ga omad yor bölsin!», degan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov.

«Navbahor» boş murabbiyi Ilhom Möminjonov öz işida qolgan.

Ma'lumot uçun, «Navbahor» Oliy liganing 1-davrasini 12-örinda yakunlagandi.

Birinçi davradan keyin jamoani 9 nafar futbolçi tark etgandi. Öz navbatida ikki futbolçi safga qöşilgan.

9 futbolçisini qöyib yuborgan «Navbahor» 2 futbolçi oldi