Kanadaning Transportdagi xavfsizlik masalalari böyiça qömita (TSB) San-Frantsisko xalqaro aeroportida yuz bergan hodisa yuzasidan dastlabki tergov natijalarini e'lon qildi. Ekspertlarga köra, bu yerda aviatsiya tarixidagi eng yirik fojianing oldi olingan edi. Bu haqda Assoşieyted Press agentligi xabar qilmoqda.

Hodisa 2017 yil 7 iyul kuni tunda sodir bölgan. Air Canada aviakompaniyasining Torontodan parvozni amalga oşirayotgan yölovçi samolyoti xato tufayli uçiş-qöniş yölagiga emas, balki 4 ta samolyot parvozga hozirlik körayotgan yölakka qönmoqçi bölgan. Dispetçerlar öz vaqtida qönayotgan samolyotni havoga qaytarişga muvaffaq bölişgan. 

TSB ma'lumotlariga köra, Kanadaning bortida 140 nafar yölovçi bölgan Airbus 320 samolyoti qöniş amaliyotini töxtatib, buriliş yölakçasidagi 2ta samolyot ustidan 30 metr, uçinçisidan 65 metr, törtinçisidan 100 metr balandlikdan uçib ötgan. 

liveatc.net saytida Airbus 320 samolyoti ekipaj a'zolarining dispetçerlar bilan şu vaqtda olib borgan ehtimoliy suhbati e'lon qilingan. Unda uçuvçi uçiş-qöniş yölagida "qandaydir yoruğliklar" haqida gapirgan. Aslida, ular buriliş yölagida manyovr qilayotgan havo laynerlari bölgan. 

Dispetçer uçuvçini uçiş-qöniş yölagi böş ekaniga işontirgan. Bir neça soniyadan söng suhbatga uçinçi ovoz qöşiladi. Bu buriliş yölagidagi samolyotlardan birining uçuvçisi bölişi mumkin. Audioyozuvda "Bu bola qayoqqa qönayapti? U buriliş yölagida", degan taşvişli ovoz eşitiladi. Şundan sönggina, dispetçer Kanada samolyoti uçuvçisiga qönişni töxtatişni buyuradi.