Ötgan hafta La-Guardiya aeroportida yuz bergan halokatli töqnaşuv Air Canada uçun oğir davrni boşlab berdi. Duşanba kuni aviakompaniya boş direktori tez orada iste’foga çiqişini e’lon qildi.

Maykl Russo ikki uçuvçi halok bölgan hodisa ortidan keskin tanqidlarga uçragaç, lavozimini tark etdi.

Biroq norozilikning asosiy sababi töqnaşuvning özi emasdi. Russo hamdardlik bildirişda ingliz tilidan foydalangani tanqidlarga sabab böldi.

Boş vazir Mark Karni videomurojaatni «hamdardlikning yöqligi» deb baholadi, fransuz tilida sözlaşuvçi Kvebek siyosatçilari esa Russoni iste’foga çiqişga çaqirişdi.

Kanadada ingliz tilidagi video nima uçun bunday katta bahslarga sabab böldi?

Hamdardlikdan mojarogaça

Foto: AFP

22 mart kuni keçqurun Monrealdan uçgan Air Canada samolyoti Nyu-Yorkda qöniş paytida tez yordam maşinasi bilan töqnaşib ketdi. Oqibatda ikki uçuvçi halok böldi, önlab yölovçilar jarohatlandi.

Bu Air Canada uçun sönggi 40 yildan ortiq vaqt içidagi ölim bilan tugagan ilk aviahalokat böldi.

Ertasi kuni aviakompaniya özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Russoning tört daqiqalik videomurojaatini e’lon qildi. U videomurojaatda buni «juda oğir kun» deb atadi va halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirdi. Murojaat ingliz tilida bölib, ikkala rasmiy tilda subtitrlar bilan berilgan edi.

Xabarlarga köra, şu zahoti Kanadaning rasmiy tillar masalalari böyiça vakiliga önlab şikoyatlar kelib tuşgan. Şu kuni tuş paytiga kelib parlament qömitasi bir ovozdan Russoni «izoh beriş uçun» çaqirişga qaror qildi.

Kvebek siyosatçilari Russoni halok bölgan uçuvçilardan biri — kvebeklik Antuan Forest oilasiga nisbatan «oçiqdan-oçiq hurmatsizlik»da aybladi.

Bundan taşqari, provinsiya qonun çiqaruvçilari boş direktorni iste’foga çiqişga çaqiruvçi tavsiyaviy qaror qabul qildi.

Kanadalik yozuvçi Jyek Jyedvab La Presse gazetasida Russoning fransuz tilini bilmasligi Air Canada xodimlarining «ikki tillilik qadriyat emas, balki çeklov» degan xulosaga kelişlari haqida yozdi.