Kanada hukumati Air Canada aviakompaniyasi va uning iş taşlaş e’lon qilgan xodimlarini işga qaytişga çaqirdi.  

Şanba kuni mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi bort kuzatuvçilari iş taşlaşgan, bu esa 100 minglab yölovçilarni qiyin ahvolga solib qöygandi. 

Federal bandlik vaziri Petti Haydu hozir iqtisodiyot bilan tavakkalçilik qilayotgan payt emasligi, 10 ming nafar bort kuzatuvçilar işga qaytişi kerakligini aytdi. 

Juma kuni aviakompaniya va 10 ming nafar xodim manfaatini himoya qiladigan kasaba uyuşmasi örtasida iş şaroitlarini yaxşilaş böyiça muzokaralar keskinlaşdi. Air Canada va kasaba uyuşmasi sakkiz oydan buyon mehnat şartnomasi şartlarini yaxşilaş böyiça muzokara olib bormoqda, lekin tomonlar kelişuvga erişolmayapti. 

Aviakompaniya tört yil davomida umumiy kompensatsiya miqdorini 38 foizga oşirişni taklif qilgan, ammo kasaba uyuşmasi bunga rozi bölmadi.  Ta’kidlanişiça, birinçi yilda kompensatsiya miqdorining 8 foizga oşirilişi inflatsiya sababli yetarli bölmaydi.