O‘zbekiston | 12:00 / 16.07.2017
5781
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBB: 14 iyul kuni poytaxtda bitta ham YTH sodir bo‘lmadi

2017 yilning 14 iyul kuni Toshkent shahri hududida yo‘l-transport hodisasi qayd etilmagan.  Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

«2017 yilning 14 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2176 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 643 tasini qo‘pol turdagi, 17 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 14 iyul kuni jami 722 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 419 tasini svetoforning ta'qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 303 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi», deyilgan xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid