Turkiyada mahalliy mobil operatorlari Turkcell va Vodafone foydalanuvchilari uchun syurpriz tarzida odatiy gudoklar o‘rniga prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning audiotabrigi eshittirildi. Tabrik muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarish voqealariga bir yil to‘lgani munosabati bilan yo‘llangan.
Erdo‘g‘anning ovozini telefonida 16 iyulga o‘tar kechasi telefon qilganlarning barchasi eshitgan.
«Prezident sifatida sizlarni Demokratiya va milliy birdamlik kuni bilan tabriklayman va shahidlarga Allohdan afv, qahramonlarga sog‘liq va farovonlik tilayman», — deyilgan tabrik matnida.











