15 iyul kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov Konferentsiyasi bölib ötdi.

Unda taşkiliy  masala körildi. Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasiga sönggi 10 oy davomida rahbarlik qilgan Adham Ikromov mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş, fuqarolar ijtimoiy farovonligini ta'minlaş va yana boşqa köplab taşkiliy işlar böyiça iş hajmi nihoyatda kattaligi va şu bois vaqt ziqligini e'tiborga olib, öz xohişiga köra federatsiya raisi lavozimini topşirişga qaror qildi. Eslatib ötamiz, Adham Ikromov şu yilning iyun oyida Savdo-sanoat palatasi raisi etib tayinlangandi.

Qiliçbozlik federatsiyasining yangi rahbari etib hozirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Öta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş direksiyasi raisi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Şoabdurahmonov saylandi. Şu paytga qadar federatsiya raisi örinbosari lavozimida işlab kelgan Muhammad Humoyun Ibragimov Boş kotib böldi.

Rustam Şoabdurahmonov avval Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Toşkent şahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.