Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov xizmat safari bilan Moskvada böldi.
Qömita axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, MOQ rahbari safar davomida Rossiya olimpiya qömitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov va Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uçraşgan.

Uçraşuvlar davomida bir qator sport turlari böyiça qöşma öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş, birgalikda sport tadbirlarini taşkil qiliş, sport tibbiyoti, farmakologiya masalalarida hamkorlik qilişga kelişib olingan.
Şuningdek, Özbekiston terma jamoalarining Soçi va Kislovodskdagi sport bazalarida öquv-maşğulot yiğinlarini ötkazişi, sport universitetlaridagi professor öqituvçilarning malaka oşirişi borasida ham kelişuvlarga erişilgan.

Taşrif davomida Şoabdurahmonovga MOQ qoşidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abduşukur Sadikov hamrohlik qilgan va u Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almaşgan.
















