Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Tokio-2020 Olimpiya öyinlarining boks bellaşuvlarida ba'zi bahslar yuzasidan e'lon qilingan qarorlar keng ommaning e'tirozlariga sabab bölayotganiga e'tibor qaratdi.

«Ma'lumki, uşbu Olimpiya öyinlarida boks bahslarini ötkaziş Xalqaro boksçilar assotsiatsiyasiga (AIBA) emas, Xalqaro Olimpiya qömitasi (XOQ) tomonidan tuzilgan maxsus komissiyaga topşirilgan. Unga esa Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti, yaponiyalik Morinari Vatanabe rahbarlik qilmoqda.

Musobaqa davomida ayrim delegatsiyalar boks böyiça musobaqalardagi hakamlik yuzasidan öz noroziliklarini ma'lum qilişdi. Şu jumladan, Özbekiston MOQ raisi Rustam Şoabdurahmonov va qömita boş kotibi Oybek Qosimov ham Morinari Vatanabe bilan uçraşib, vaziyatga oydinlik kiritib olişdi.

Maxsus komissiya uçraşuv davomida Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi mutasaddilarini öz faoliyati bilan batafsil taniştirib ötdi. Xalqaro mutaxassislarning ta'kidlaşiça, har bir bellaşuvda 5 nafar hakamdan taşqari alohida 2 maxsus vakil orqali referilarning qarori nazorat qilib boriladi. Bahs yakunida e'lon qilingan qaror qayta körib çiqilmaydi.

Qöşimça qilinişiça, janglarda şubhali holatlar alohida örganib boriladi va öz işiga noprofessional yondaşgan hakamlar Olimpiya öyinlaridan çetlatiliş va uyiga jönatib yuborilişi belgilab qöyilgan», deyiladi MOQ xabarida.

Bu orada Miraziz Mirzaxalilovning jangida hakamlik qilgan amerikalik referi turnirdan çetlatilgani ma'lum böldi.

«Sport» telekanali boş direktori Zohid Karimovning Olimpiada kundaligi körsatuvida ma'lum qilişiça, Miraziz Mirzaxalilovning mağlubiyatini qayd etgan amerikalik hakam Beu Kambellning jangdagi oçkolari örganilib, boks referisi Olimpiadadan çetlatilgan. Hakamning qarori töğri yoki notöğri bölgani aytilmagan bölsa-da, Kambellning turnirdagi faoliyati töxtatilgan.

28 iyul kuni Olimpiada-2020 boks turniri 1/16 finalida özbekistonlik boksçi Miraziz Mirzaxalilov irlandiyalik Entoni Uokerga mağlubiyatga uçrab, musobaqani tark etgandi.

Uşbu jangdagi referilarning qarorlari özbekistonlik muxlis va mutaxassislarning e'tiroziga sabab bölgandi. Uç raundlik jang yakunida ukrainalik hakam özbekistonlik boksçining ğalabasini qayd etgan bölsa, Şri-Lanka, Kuba, AQŞ va ugandalik hakam irland boksçisi ğalabasini qayd etgandi. Kambell uç raundda ham irlandiyalik boksçiga 28:29 hisobidagi ğalaba yozgan.