Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

Bugun Turkiyada Fathulloh Gulenning terrorchilik tashkilotiga (FETÖ) mansub harbiylar tomonidan uyushtirilgan va muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat to‘ntarishi sodir etilganini bir yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan ayni damda Turkiyada xotirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu marosimlarda jahonning ko‘plab davlatlaridan kelgan jurnalistlar qatori O‘zbekistonning ham yetakchi nashrlardan ijodkorlar qatnashmoqda.

Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

"Kun" nashri bosh muharririning xabar berishicha, bugun media-tur ishtirokchilari Turkiya Qizil Yarim oy jamiyatining idorasiga tashrif buyurishdi. Tadbir davomida tashkilotchilar tashkilotning asosiy vazifalari, faoliyati hamda tarixi bilan yaqindan tanishishdi. 

Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

Turk Qizil yarim oy jamiyati 1868 yil 11 iyunda  Usmoniylar imperiyasi tomonidan tashkil etilgan va "Usmoniylarning yarador va kasal askarlari" degan nom ostida faoliyat olib borgan. 1935 yilda esa Kamol Otaturk respublika tepasiga kelgandan so‘ng jamiyatga "Turk Qizil yarim oyi" nomi beriladi. Uning birinchi rahbari asli kelib chiqishi Gretsiyalik Marko Pasha (Markos Apostolidis) bo‘lgan. 

Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

Turk Qizil yarim oy jamiyatining asosiy vazifasi - tabiiy ofatlar vaqtida yordam ko‘rsatish, donorlikni tashkil etish, sog‘likni tiklash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishdir.  

Qizil yarim oy jamiyatining asosiy tamoyillari quyidagilardir: 

Insonparvarlik 
Betaraflilik
Xolislik
Mustaqillik
Ixtiyoriylik