O‘zMUda Harakatlar strategiyasi xonasi ish boshladi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Harakatlar strategiyasi” axborot xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Harakatlar strategiyasi” axborot xonalarining rasmiy ochilishi hamda “Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev, universitet rektori Avazjon Marahimov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Akmal Burxanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati, byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Alisher Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Iqboljon Mirzaliyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar prezidentning shu yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to‘g‘risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e'tiborini o‘ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta'kidladilar.
“Harakatlar strategiyasida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari alohida o‘rin egallaydi. Bu borada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo‘lib O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta'minlash maqsadida ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda” – deydi biz bilan suhbatda tadbir ishtirokchilaridan biri, universitet talabasi Abdulatif Abduraufov.
Tadbir so‘ngida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Harakatlar strategiyasi xonalari faoliyatinidan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasiga yanada kengroq jalb qilishdir.
Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan mazkur xonalarda Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalari, bu jarayonda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan ko‘rgazmali materiallar joy olgan.
Axborot xonalarida faoliyat olib boruvchi ko‘ngillilar Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma'lumot tarqatish, turli mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil qilish, yoshlarni turli dasturlardagi ishtirokini kengaytirish va yana boshqa ko‘plab vazifalar bilan shug‘ullanadi.
Xulosa qilib aytganda, universitetda “Harakatlar strategiyasi” axborot xonalarining faoliyat yuritishi talaba-yoshlarning jamiyatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

18:04 / 06.12.2022
Milliy universitetdan yo‘qolgan nodir qo‘lyozmalar ishi: kutubxona rahbari ozod qilindi

08:11 / 16.10.2021
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi

17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi

13:37 / 14.01.2021