The Website Group tomonidan extrapassport.com sayti uçun ötkazilgan yangi tadqiqot dunyoning eng qudratli va zaif, eng arzon va qimmat pasportlarini namoyiş qiladi.
Unga köra, Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarolari mamlakatining fuqaro pasportini olişlari uçun dunyoda eng arzon pul tölaşadi. Ular 14 dollar (51 BAA dirhami) tölaşsa kifoya. Bu borada eng quyi örinda Turkiya bölib, pasport oliş bu mamlakatda 251 AQŞ dollariga teng.
Şu bilan birga, BAA pasporti mintaqadagi eng kuçli fuqarolik hujjati ekanini körsatgan. U dunyoning eng qudratli pasportlari röyxatida 22 örinda.
Germaniya pasporti esa, dunyoning 176 mamlakatiga vizasiz boriş huquqini taqdim etiş bilan röyxatning birinçi örnini egallagan. Şvetsiya pasporti egalari dunyoning 175 mamlakatiga vizasiz çiqa olişadi. AQŞ, Ispaniya, Daniya, Finlandiya va Italiya uçinçi örinni baham körmoqda.
Tadqiqot natijasiga köra, Afğoniston va Pokiston pasportlari eng kuçsizdir. Uşbu hujjatlar egalari tegişli ravişda 25 ta va 29 ta davlatga vizasiz bora olişadi.
Özbekiston fuqarolari, öz navbatida, mamlakat pasporti bilan 50 dan ortiq davlatga vizasiz borişlari mumkin.

















