Suriya inson huquqlari böyiça kuzatuv kengaşining ma'lum qilişiça, mamlakatdagi fuqarolik uruşi yillari davomida qariyb 332 ming kişi halok böldi, jumladan, tinç aholidan – deyarli 100 mingga yaqini va 18 mingdan ortiq bolalar. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Hukumat qöşinlari va isyonçilar ham jiddiy yöqotişlarga uçragan, mos ravişda – 166 ming va 57 ming kişi halok böldi.
Bundan taşqari, IŞID yoki “Al-Qoida”ga yaqin bölgan guruhlarning a'zolari va tarafdorlaridan 58 mingga yaqini öldirildi.
Ta'kidlaşiça, Londonda joylaşgan Suriya inson huquqlari böyiça kuzatuv kengaşi bunda uşbu davlatdagi faollar va manbalardan olingan ma'lumotlarga asoslangan bölib, ularning mustaqil manbalar tomonidan tekşirilişi ilojsiz.
















