Özbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamini himoya qiliş tizimini takomillaştiriş maqsadida «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi taşkil etildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni şu haqdagi qarorni imzoladi.

Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qiliş, ularga tibbiy yordam körsatiş sifatini oşirişni ta'minlaş, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlaş, ularni profilaktika qiliş va davolaş, nogironlikni reabilitatsiya qiliş va oldini oliş, jamiyatda soğlom turmuş tarzi madaniyatini rivojlantiriş böyiça samarali işlarni taşkil etişga kömaklaşiş;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramoğidagi mahrum bölgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylari va ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilariga yordam berişga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş, ularning ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşiş;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, köp bolali oilalarni qöllab-quvvatlaş, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholi genofondini yaxşilaş, soğlom va barkamol avlodni şakllantiriş borasida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan özaro hamkorlik qiliş;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va kengaytiriş, Özbekistonning yuridik va jismoniy şaxslari, xorijiy fuqarolar va taşkilotlar, fuqaroligi bölmagan şaxslar, xalqaro taşkilotlarning xayriya mablağlarini jalb etiş va jamlaş böyiça faol işlarni amalga oşiriş.

Fondga uning xayriya dasturlarini amalga oşirişga kömaklaşiş davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, şuningdek, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlarining fuqarolik burçi hisoblanadi, deyiladi qarorda.

«Özbekiston havo yöllari» MAK va «Özbekiston temir yöllari» AJ Fond xayriya dasturlari iştirokçilari bölgan şaxslarga imtiyozlar berişi belgilangan.