Öğrilikda ayblangan şaxs, iş qayta körib çiqilgaç, sud zalidayoq ozod etilgan. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmoğining «Xalq bilan muloqot /Dialog s narodom» sahifasida ma'lum qilingan.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tuşgan murojaatda körsatilgan ma'lumot sud tomonidan örganilib, 2017 yil 14 iyul kuni öğrilikda ayblanayotgan A.Umurzakovga oid jinoyat işi körib çiqildi.

Sud uning harakatlarida tegişli oğirlaştiruvçi holat (jinoyatni uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etiş) mavjud emasligi haqida xulosaga keldi va jinoyatni qayta kvalifikatsiya qildi.

Şunga köra, sud A.Umurzakovga nisbatan amnistiya aktini qölladi hamda uni sud zalidan ozod qilgan holda jamiyatga va oilasi bağriga qaytardi», deyilgan xabarda.