Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi safarbarlik paytida yoki uruş davrida işi birinçi instansiya yoki apellyatsiya sudi tomonidan körib çiqilayotgan sudlanuvçilar bilan şartnoma tuzişga imkon beruvçi ikkita qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatlar 24 sentabr, seşanba kuni bölib ötgan yiğilişda ikkinçi va uçinçi öqişda ma’qullandi.

Qonun loyihalaridan birinçisi, agar sudlanuvçilar safarbarlik davrida yoki uruş davrida harbiy xizmatga çaqirilgan bölsa, jinoiy iş yuritişni töxtatib turiş, keyin esa jinoiy javobgarlikdan ozod qiliş imkonini beradi. Qonun şuningdek, safarbarlik davrida, harbiy holat yoki uruş davrida RF qurolli kuçlarida xizmat qiliş paytida jinoyat sodir etgan şaxslarga nisbatan sud işlarini töxtatib turiş imkoniyatini nazarda tutadi.

Xuddi şunday huquqiy mexanizm hukm çiqarilgan, lekin qonuniy kuçga kirmagan mahkumlarga, şu jumladan apellyatsiya bosqiçida ham qöllanadi.

Ikkinçi qonun loyihasining mohiyati

Ikkinçi hujjat safarbarlik, harbiy holat va uruş davriga ham tegişli. Bu Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlarida harbiy xizmatni ötaş töğrisidagi şartnomani sud muhokamasi bosqiçida ayblanuvçi (sudlanuvçi) şaxslarning ayrim toifalari bilan, agar prokuror ularga nisbatan jinoyat işini mohiyatan körib çiqiş uçun sudga yuborgan bölsa, tuzişga imkon beradi. 

Birinçi qonun loyihasi böyiça Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksiga va ikkinçi qonun loyihasi böyiça «Harbiy burç va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritiladi.