Ukraina prezidenti Petr Poroşenkoning Moldova boş vaziri bilan uçraşuv yakunida ma'lum qilişiça, Kiyev Kişinevga Pridnestrove ustidan nazoratni tiklaşda yordam berişga tayyor. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.
«Biz, Ukraina, Moldova Respublikasi hududiy yaxlitligi, suvereniteti hamda 25 yil avval fitna tufayli Pridnestroveda hozir istiqomat qilayotgan yuz minglab kişilarga oğir oqibatlar keltirib çiqargan vaziyatni avvalgi holatiga tiklaş uçun maksimal darajada kömak berişga tayyormiz», - degan davlat rahbari.
Öz navbatida, Moldova hukumati rahbarining aytişiça, Kiyev va Kişinev tomonidan Pridnestrovening blokadasi haqidagi xabarlar asossizdir.

















