Rossiya IIV 2017 yilning oxirlariga kelib mamlakatdagi ilk migratsiya kodeksini işlab çiqişni rejalaştirmoqda, u migrantlarga nisbatan davlat siyosatini belgilaydi. Bu haqda IIV rahbarining birinçi örinbosari Aleksandr Gorovoy Federal yiğilişdagi majlisda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Biz amaldagi qonunçilikni qayta körib çiqiş hamda RF migratsiya kodeksini tayyorlaşni boşlaşni rejalaştirmoqdamiz», - dedi u.

Gorovoyning ta'kidlaşiça, migratsiya oqimlari, xuddi maqsadlari kabi, özgarib boradi, şu sababdan mamlakatda migratsiya siyosatini tartibga solib turuvçi qonunçilik ham özgarişi lozim. 

IIV rahbari örinbosarining işontirişiça, Rossiyadagi kriminogen holatga boşqa davlatlardan kelganlar tomonidan bosim «jiddiy emas»: uning sözlariga köra, migrantlar tomonidan sodir etiluvçi jinoyatlar yil sayin kamayib bormoqda.

2016 yilning dekabrida «Nezavisimaya gazeta» ham Rossiyada migratsiya kodeksi paydo bölişi haqida yozgandi. Naşr ma'lumotlariga köra, tegişli loyihani tayyorlaş bilan huquq himoyasi taşkilotlari Rossiya IIVning migratsiya masalalari böyiça boş boşqarmasi bilan hamkorlikda şuğullanmoqda. Öşanda gazeta boşqa davlatlardan kelgan migrantlarga nisbatan siyosatni insonparvarlik tamoyillari asosida olib boriş taklif etilgani haqida yozgandi. IIV bölinmasi vaqtinçalik yaşaş va yaşaşga ruxsat beruvçi hujjatlarni yagona hujjatga almaştirişni ham rejalaştirmoqda. Şuningdek, naşrning ta'kidlaşiça, Rossiya fuqaroligini olmoqçi bölgan va rus tili ona tilidek bölgan boşqa davlat fuqarolarining öşa mamlakat fuqaroligini bekor qiliş böyiça tuzatişlar ham tayyorlanadi.