Joriy yilning 19 iyul kuni Xalqaro press-klubda parlament a'zolari va siyosiy partiyalar vakillari iştirokida navbatdagi sessiya bölib ötdi. U Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyul kuni parlament palatalari, siyosiy partiyalar, Özbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bağişlangan videoselektor yiğilişidagi ma'ruzasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan muloqot tarzida taşkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Ta'kidlaş joizki, mamlakatimizda jamiyat hayotining barça sohalarini yanada erkinlaştiriş va isloh qiliş jarayonlari izçil davom etmoqda. Qaysi soha yoki tarmoqda bölmasin, dolzarb muammolar aholi bilan oçiq muhokama qilinib, ularning yeçimi topilmoqda.
Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham erişilgan yutuqlar bilan birga hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning ötgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi, islohotlarni yanada çuqurlaştiriş yölidagi muhim vazifalar belgilab berildi. Şu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyasi a'zolari, senatorlar va siyosiy partiyalar tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan bir qator çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilmoqda va ularni hayotga tatbiq etiş yuzasidan sa'y-harakatlar boşlab yuborilgan.
Muloqotda siyosiy partiyalarning işini sifat jihatidan yangilaş, ularning jamiyatdagi obro‘-e'tiborini kötariş, hatto davlat va jamiyat boşqaruvida hal qiluvçi kuçga aylantiriş borasidagi qanday taşabbuslar ilgari surilayotgani, partiyalarning yoşlar örtasida olib borayotgan işlari, xususan “Yoşlar qanotlari” faoliyatini tubdan takomillaştiriş, yoşlarning ğoyaviy, mafkuraviy ehtiyojlarini qondiriş borasida siyosiy partiyalar oldida turgan vazifalar muhokamalar markazida böldi.
Şuningdek, oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvda siyosiy partiyalar öz elektoratiga bergan va'dalarni, saylovoldi dasturlarining bajarilişi böyiça monitoring olib borilişi, deputatlarni xalqqa yaqinroq tanitişda eng maqbul va oson yöli ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik aloqalarini kuçaytiriş, odamlarni deputatning haqqoniy sözi va xalqparvarligiga qanday işontiriş mumkinligi haqidagi öta muhim masalalar örtaga taşlandi.
Yana bir muhim jihati, qonun loyihalarining muhokamasi jarayonida fraksiyalararo bahs-munozaralarning deyarli ötkazilmayotganligi, jumladan Demokratik kuçlar bloki bilan muxolif fraksiyalar örtasidagi raqobat muhiti, ular qonunçilikda belgilangan huquqlari, jumladan muxolifatning muqobil qonun loyihasi böyiça taşabbuslar körsatmayotgani kabi masalalar ham qizğin munozaralarga sabab böldi.

















