Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxöjayevning ÖzA bilan suhbatda aytişiça, energiya resurslari bilan boğliq barça holatlarni tizimli örganiş davomida 432 qonunbuzarlik aniqlangan. Ular yuzasidan 67 jinoyat işi, 365 ma'muriy iş qözğatildi. 

“Nazorat tadbirlari davomida asosiy e'tibor elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvçi korxonalarning öz vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolatini suiiste'mol qilgan mansabdor şaxslari faoliyatiga qaratilmoqda. Ularning debitorlik qarzdorlikni qisqartiriş böyiça lozim darajada çora körmay qilgan mas'uliyatsizligiga qonuniy baho beriladi. Çunki ötgan davrda ular tomonidan bu borada 44,8 milliard söm qarzdorlik vujudga kelişiga yöl qöyilgan. (Buning 40,4 milliard sömi elektr energiyasi böyiça, qolgani tabiiy gaz böyiça). Bunday holatlar böyiça 12 jinoyat işi qözğatildi”, - deydi Qudratxöjayev. 

Uning aytişiça, Oq oltin tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari oldindan ellik foiz tölovni tölamagan 186 yuridik şaxsga 286,6 million sömlik elektr energiyasi yetkazib bergan. Bu yönalişda 888 million söm qarzdorlik vujudga kelgan bölsa ham, uni undiriş çoralarini körmagan. 

“Energiya resurslarini yetkazib beriş sohasida suiiste'molçilikka yöl qöyilişi oqibatida sun'iy qarzdorlik vujudga keltirilgan. Aniqroq aytganda, turli yöllar bilan işlatilgan, bazaga kiritilgan bunday qarzdorlikni “yopiş” uçun ular aholiga taqsimlangan. Misol uçun, «Yunusobodtumangaz» va «Şayxontohurtumangaz» korxonalari mas'ul şaxslari gaz iste'moli böyiça belgilangan tartibda hisob-kitob va nazorat işlarini yetarli darajada amalga oşirmagani tufayli 3,4 milliard söm qarzdorlik vujudga kelgan. Bu boradagi kamomadni qoplaş uçun ular bu summani aholiga “yuklagan”, - deydi Majburiy ijro byurosi direktori.