Alvaro Morata faoliyatini premer-ligada davom ettiradi.

«Çelsi» matbuot xizmati, klub uşbu transfer borasida «Real» bilan kelişuvga erişganini e'lon qilgan. 

Bugun «qaymoqranglilar» jamoasi hujumçisi Londonga kelib, tibbiy körikdan ötadi va 5 yillik şartnoma imzolaydi.

Bundan avvalgi xabarlarda uşbu futbolçi uçun Angliyaning amaldagi çempionlari 80 mln yevro tölaşi aytilgandi. Ispaniyalik futbolçi yangi klubida yiliga 9 million yevro miqdorida maoş oladi.

Qayd etiş kerakki, 24 yoşli bu futbolçi tarixdagi eng qimmatbaho ispaniyalik futbolçiga aylanadi. Bungaça bu maqom Fernando Torresga tegişli edi, u 2011 yili «Çelsi»ga «Liverpul»dan 58 million yevro evaziga kelib qöşilgandi.

Morata Madrid klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U asosiy jamoada Joze Mourino davrida debyut qilgan, keyinroq «Yuventus»ga sotilgandi. Ötgan yili jamoa uni qaytarib sotib oldi.

Ötgan mavsumda Morata Ispaniya çempionatida 26 uçraşuvda maydonga tuşib, 15 gol urdi. U şuningdek, Çempionlar ligasida 9 uçraşuv ötkazgan va 3 gol urgan.

Bu futbolçi avvaliga «Mançester Yunayted»ga ötişi kutilgandi, ammo inglizlar klubi Romelu Lukakuni tanladi. Köp ötmasdan Morataga «Milan» asosiy da'vogarga aylandi, ammo kutilmaganda «Çelsi» uni «ilib ketdi».