Fransiya Milliy yiğilişi deputatlari parlamentdagi eşituvlar davomida böyinboğ va kostyum kiyib yurişga majbur emaslar, deyiladi quyi palata byurosi tomonidan payşanba kuni tarqatilgan xabarda.

Milliy yiğilişning oliy kollegiya idorasi tomonidan erkaklarning böyinboğ va kastyum kiyib yurişi haqidagi masala çorşanba kuni körib çiqildi. Bunga sabab – “Böyin egmagan Fransiya” fraksiyasi deputatlarining xatti-harakatini örganib çiqiş böldi, ular iyun oxirida Milliy yiğilişning yangi tarkibi birinçi majlisiga böyinboğ va kostyumlarsiz kelgan. Quyi palataning yangi a'zolari harakati qator siyosatçilar tanqidiga sabab böldi.

Prezidentlikka sobiq nomzod Jan-Lyuk Melanşonning “Böyin egmagan Fransiya” partiyasi iyun oyidagi saylovlar natijalariga köra, parlamentga birinçi marta kirdi.

"Byuro heç bir nizom hujjatlari deputatlarning kiyimiga tegişli emasligi va böyinboğ hamda kostyumlarni yiğiliş zalida kiyişga majburiyat yuklamasligini eslatadi", - deyilgan hisobotda.