Özbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Şanghay SIPG» klubi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov özi tuğilib ösgan Namangan şahri futboli, taşkil etgan akademiyasida amalga oşirayotgan işlari haqida gapirib ötdi.
— Namanganda yana yoşlar futboli qayta oyoqqa turayotganini eşitayotgan juda köplab hamşaharlarimdan nafaqat namanganliklar, balki vodiy ahlidan juda köplab xatlar olyapman. «Navbahor»ga saylangan yangi prezident Şavkatjon Abdurazzoqovni klub örinbosarlari uçun alohida şaroit yaratib berganini eşitib xursand böldim. Çunki bu bizning işimizni yengillaştiradi, sport kollejidan yaxşi bolalarni yetiştirib berib tursak, örinbosarlar tarkibi orqali yo uni boş jamoaga yoki çetga çiqariş bilan şuğullanamiz. Şuning uçun ham örinbosarlarga bölgan e'tibor juda muhim. To jamoa öz örinbosarlariga jiddiy e'tibor qaratmas ekan, çetdan kelgan futbolçilar hozir jamoani emas, özini öylaydigan bölib qolgan. Tez kunlarda xorijlik hamkorlarimiz bilan murabbiylar malakasini oşiriş borasida iş boşlaymiz.
— Mavsum boşida «Navbahor»da sizning hissangiz haqida gap-sözlar çiqqan edi?
— Men bu yil jamoaga rostmana yordam bermoqçi edim. Ötgan yil yakunida jamoa qiyin ahvolga tuşib qoldi, öşanda qöldan kelgan yordamimni berdim. Yakunda jamoa oliy ligada qolgaç, men kerak bölmay qoldim. Mayli, bunga qarşiligim yöq. Lekin nima özgardi? Möminjonov menga yoşlarga e'tibor qaratişni va'da bergandi, ammo yakunda rulni öz qöliga ola boşladi, xuddiki barça işni u qilgandek. Bemalol işlayversin. Lekin yana bir bor aytaman, Namangan futbolini karvonsaroy qilişmasin.
Bizga har doim 2-3 futbolçini kaşf qilib beradigan murabbiylar kerak. Möminjonov klubda yana qança işlaydi bilmayman, ammo işni keçiktirmasdan yoşlarga urğu berişimiz kerak, boşqa gap-söz bölişi mumkin emas, degan Ahmedov şampionat.asia saytiga bergan intervyusida.
Odil Ahmedov: «Navbahor»ga yordam berdim, endi esa ularga kerak bölmay qoldim»
21:10 / 20.07.201743 7663 min

















