Turkiyaning Anadolu agentligi Amerikaning Suriyadagi harbiy bazalarining joylaşuvi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Bunday ma'lumotlar AQŞ prezidenti Donald Tramp suriyalik kurdlarga qurol-yaroğ yetkazib berişni ma'qullagaç, Vaşington va Anqara örtasidagi munosabatlar sovuqlaşganidan söng OAVda paydo böldi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Al-Hasaka viloyatidagi Rmaylan tumanidagi ikki aviabaza 2015 yildan buyon faoliyat körsatib kelmoqda. 2016 yilning martida Ayn-ul-Arab şahrining Harab-Isk tumanida vertolyotlar joylaştiriş uçun baza taşkil etilgan, u ham suriyalik kurdlarga harbiy madad beruvçi yönalişlardan biridagi yuk tuşirib ortiş punkti hisoblanadi.
Bundan taşqari, Al-Hasaka viloyatida joylaşgan yana uçta baza sanab ötilgan. Ulardan birida yuzga yaqin, boşqasida bir yuz ellikka yaqin amerikalik harbiy joylaştirilgan. Bu bazalar IŞIDga qarşi kuraş uçun yönaltirilgan, deyiladi. Yana ikki punkt Manbij şahrida joylaştirilgan bölib, ular Suriya ozod armiyasiga qarşi operatsiyalar ötkazişadi. Şuningdek, Raqqa viloyatining şimolida ham uçta baza borligi ta'kidlangan.
Ularning ikkitasida nafaqat amerikalik, balki fransuz harbiylari ham joylaştirilgan. Uçinçisi suriyalik kurdlarga qurol-aslaha yetkaziş bilan, şuningdek, koalitsiya kuçlari aloqa markazi va IŞID jangarilarining kommunikatsiyalarini vayron qiliş bazasi sifatida faoliyat körsatadi, deyiladi maqolada.
Agentlikning ta'kidiga köra, Amerika kuçlarining tayanç punktlari «yopiq zona» sifatida belgilangan va maxfiylaştirilgan. Bazadagi harbiy xizmatçilar aviazarba va artilleriya zarbalarini ötkaziş uçun aloqalarni ta'minlab turişadi, mahalliy kuçlarni tayyorlaydi va operativ rejalaştiriş ötkazadi. Öşa yerda faol jangovar harakatlar olib boruvçi bölinmalar ham joylaştirilgan.
Agentlik ma'lumotiga köra, bazalar yuqori manyovrli artilleriya batareyalari, baravariga öt oçiş reaktiv tizimlari, razvedka uçun mobil uskunalar, zirhli maşinalar, xususan, Stryker’lar bilan ta'minlangan.
Xabar qilinişiça, Bevosita harbiy tayanç punktlaridan taşqari, AQŞ öz askarlarini ularni topiş muşkul bölgan joylarga: turar-joy hududlariga, «Demokratik ittifoq» lagerlariga, operativ nuqtaga osongina aylantiriş mumkin bölgan fabrikalarga joylaştirmoqda.













