Özbekiston banklari GM Uzbekistan avtomobillari uçun avtokreditlar taqdim etişni töxtatdi. Bu haqda Uz24 naşri xabar berdi.
Naşr avtokredit berişni birinçilardan bölib boşlagan banklarning boş ofislari bilan boğlangan, ular uşbu xabarni tasdiqlaşgan.
Jumladan, «Asaka» bank operatori «Afsuski barça kredit liniyalari qayta moliyalaş stavkasining oşişi hisobiga yopildi», — deya ma'lumotni tasdiqladi.
«Avtokreditlarni taqdim etiş rostdan ham vaqtinça töxtatildi», — degan «Aloqabank» xodimi.
«Biz faqat ikkilamçi bozordagi avtomobillar uçun kredit bermoqdamiz. Birlamçi bozor hozirça yopiq. Qança muddatga yopiqligi ham noma'lum», — dedi «Kapitalbank» işçisi.
«Trastbank» xodimi ham avtomobillar uçun kreditlar berilmayotgani, kreditlaştiriş yopilgani tasdiqlagan, yana qaçon oçilişi noma'lumligini aytgan.
Avtomobil sotib oliş uçun kreditlar joriy yilning 1 iyunidan boşlab berilayotgan edi, har bir bankda kredit taqdim etiş şartlari turliça edi.
GM Uzbekistan UZ24 naşriga ma'lum qilişiça, kompaniya banklarning kredit siyosatiga heç qanday ta'sir ötkazmaydi.

















