19 iyulda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi parlament deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari iştirokida taşkil etildi. Unda Özbekistondagi siyosiy partiyalarni faoliyatini kuçaytiriş, ularning safini kengaytiriş va ijtimoiy hayotdagi örnini oşiriş kabi masalalar muhokama qildi. Xususan, unda iştirok etgan ÖzLiDeP deputati Rasul Kuşerbayev bugungi kunda partiya safini kengaytirişda an'anaviy usullardan voz keçilgani haqida gapirar ekan, partiyani qiynayotgan ayrim masalalarga ham töxtaldi.

“Biz tadbirkorning oldimizga köndalang qöyayotgan muammosini hal qilib beriş maqsadida işlayapmiz. Biz bugun tadbirkorni köproq işontirişimiz kerak, Çunki, xohlaymizmi-yöqmi, joylarda çiroyli tadbirlarni ötkazganimiz bilan işbilarmonlarning muammolari hal bölib qolayotgani yöq. Ayrimlari bizlardan xafa bölişadi, şu masalam nega hal bölmadi deb?

Ba'zi muammolar tizimli muammolardir. Buni qonunçilikka özgartiş kiritiş orqali hal qiliş mumkin, xolos. Partiyamizni qiynaydigan masala şundaki, hozirgaça joylarda köp masalalar mahalliy davlat hokimiyati vakolatidagi, öşalarning doirasida hal qilinadigan işlardir. Biz ming bor tuşuntirib, harakat qilmaylik, partiyaning bosim ötkaziş imkoniyatlari çeklangan”, - deya kuyunçaklik fikr bildirdi Kuşerbayev.
















